10.09.2010
 

Bosh menyu

Avtorizatsiya






Parolni unitdingizmi?

Statistika

Foydalanuvchilar: 2
Yangiliklar: 18
Havolalar: 2
tashriv buyuruvchilar: 12376
.
Abiturientlarga eslatma PDF holati Chop etish holati Е-mail ga yuborish
Muallif Durbek Rahmonov   
09.06.2008
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil «18» iyundagi 118-son qaroriga 1-ilova
Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom «Ta`lim tug’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom harbiy ta`lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Oliy ta`lim muassasalari qabulni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida qabul kvotadariga muvofiq amalga oshiradilar.
3. Oliy ta`lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi (keyingi o’rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga.oshiriladi.
Oliy ta`lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqor ball to’plagan abiturientlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta`lim muassasasi bo’yicha ta`lim yo’nalishlari, o’qitish tillari va shakllariga ko’ra alohida o’tkaziladi.
Test sinovlari, shuningdek ularni o’tkazish tartibini belgilash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sha^ar hokimliklari hamda oliy ta`lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini o’tkazish uchun zarur sharoitlarni ta`minlaydilar.
4. Test sinovlari uch tilda - o’zbek, rus, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi oliy ta`lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o’tkaziladi.
O liy ta`lim muassasasida ta`lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tili, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abiturient test sinovlarini oliy ta`lim muassasasida o’qiydigan tilda topshiradi.
O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari ta`lim yo'nalishlari ro'yxati va test bo’yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abiturient chet tillar sifatida ingliz, nemis, frantsuz tillaridan biri buiicha test sinovi topshiradi. Abiturient o’qigan chet tilidan Qat`i nazar xohlagan (ingliz, nemis, frantsuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Agar umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasida ingliz, nemis yeki frantsuz tillari o’tilmasdan boshqa chet tillari o'qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o’rniga ko’p balli tizim bo'yicha imtihon topshiriladi.
O liy ta`limning ayrim yo’nalishlari bo’iicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi. Kasbiy (ijodii) imtihonlar o’tkaziladigan ta`lim yo’nalishlari ro’yxati Davlat test markazi hamda oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Ayrim ta`lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta`lim yo’nalishlariga qabul ko’p balli tizim bo’iicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida dmalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan ta`lim iunalishlari ro’yxati Davlat test markazi hamda oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu ta`lim yo’nalishlariga arizalar umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar ta`lim muassasasini faqat ko’rsatilgan tillarda tugatgan abiturientlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, ko’p balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yig’indisi shaxsan oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
6. Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur tilini chet tili sifatida uqigan abiturientlar mazkur tildan ko’p balli baho tizimi buiicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo’iicha esa test sinovlaridan o’tadilar.
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va frantsuz filologiyasi) yo’nalishi bo’yicha o’qishga kiradigan abiturientlarga nisbatan qullanilmaydi.
Ushbu fanlar bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlari O’zbekiston G’espublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta`lim muassasalariga yetkaziladi.
7. Oliy ta`lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va ko’p balli imtihonlarni o’tkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Oliy ta`lim muassasalariga ko’zi ojiz abiturientlarni qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Respublika tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik "oliy hamshiralik ishi" ta`lim yo’nalishiga qabul faqat o’rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma`lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va fel dsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yo’nalish bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi.
10. Oliy ta`lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo’limning ta`lim yo’nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yo’nalishiga muvofiq o’rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
II. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
11. Oliy ta`lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida» 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Respublika fuqarolarini xorijiy oliy ta`lim muassasalariga o’qishga jo’natish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy ta`lim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.
III. Hujjatlarni qabul qilish
12. Oliy ta`lim muassasalarida o’qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Abiturientlarning o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham), O’zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.
Abiturient oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta`lim yo’nalishi, o’quv tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta`lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma`lumoti yo’qligi, chet tilidan qaysi fandan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo’lganlar uning raqamini ko’rsatishlari hamda test sinovlarini o’tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to’g’ri to’ldirish bilan tanishganligi ko’rsatiladi);
o’rta ta`lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086-U-shakl bo’yicha tibbiy ma`lumotnoma;
pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo’lim abiturientlari uchun).
Ariza shakli oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlovdan tashqari o’qishga kirish huquqiga ega bo’lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g’oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Abiturient arizasida "o’zim haqimda quyidagilarni ma`lum qilaman" grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, chin yetim va yetim, "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yo’q) qayd etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolar harbiy qism qo’mondonligining tegishli - tavsiyanomasining aslini yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Millii xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Abiturient tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko’rsatiladi.
Harbiy qismlar qo’mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi abiturientning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so’ng hujjatlarga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish qat`iyan man qilinadi.
Abiturient tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturient test sinovlaridan (oliy ta`lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o’rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari 21 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta`lim yo’nalishi, o’quv shakli va tili ko’rsatilgan holda, abiturientlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma`lumotni imtiyozga ega bo’lganlar to’g’risidagi ma`lumotlar bilan qushib taqdim etadilar.
IV. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o’tkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha, test majmualarida fanning o’rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizigacha bo’lgan oraliqda yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo’yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26 iyulga qadar bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat komissiyasiga oliy ta`lim muassasalari tomonidan 27 iyulgacha taqdim etiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natyjalari haqidagi ma`lumotlar oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan Davlat test markaziga belgilangan shakllarda kunduzgi va maxsus sirtqi bo’limlar uchun - 1 avgustda taqdim etiladi.
V. Test sinovlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish
14. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi bo’limlar uchun 1 avgustda o’tkaziladi.
15. oliy ta`lim muassasasida tanlangan ta`lim yo’nalishiga qarab abiturientlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.
«Jurnalistika», «Xalqaro jurnalistika» va «Nutq madaniyati va notiqlik san`ati» ta`lim yunalishlari bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgacha bo’lgan oraliqda baholanuvchi) ijodiy imtihonlar o’tkaziladi.
Test topshiriqlari o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi umumta`lim fanlari o’quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
16. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o’z ichiga oladi.
Quyidagi vaqt me`yorlari belgilanadi:
a) 72 savolga - 2 soat;
b) 108 savolga - 3 soat.
Majmualar quyidagi fanlar bo’yicha shakllanadi:
1. Ona tili va adabiyoti: o’zbek tili va adabiyoti
2. Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
3. Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti
4. Matematika
5. Fizika
6. Kimyo
7. Biologiya
8. Tarix
9. Geografiya
10. Chet tili: ingliz tili
11. Chet tili: nemis tili
12. Chet tili: frantsuz tili
Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abiturientlar javoblar varaqasini to’g’ri to’ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o’zlari to’g’risidagi ma`lumotlarni yozadilar Bu vaqt test o’tkazish uchun ajratilgan vaqt me`yoriga kirmaydi.
Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli
utkazish mas`uliyati, test sinovlari qoidalariga qat`iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.
Test sinovi sinov o’tadigan xonada sinovni o’tkazish qoidalari talablariga qat`iy rioya etilgan tarzda to’g’ri va adolatli o’tkazilishini ta`minlash bo’yicha shaxsiy mas`uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
Test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa o’tganda boshlanadi.
Javoblar varaqasi abiturient tomonidan havo rang pastasi bo’lgan sharikli ruchka bilan to’ldiriladi.
Javoblar varaqasini to’ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me`eriga qo’shimcha 20 daqiqa ajratiladi.
Javoblar varaqasi to’g’ri to’ldirilishi uchun abiturient shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto’g’ri oelgilagan abiturientlarning e`tirozi ko’rib chiqilmaydi.
Abiturient tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat`iy man etiladi.
Test sinovlariga abiturient mikrokal kulyator, lug’at, jadval kitob, uyali telefon, komp yuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirgan bo’lsa, test jarayoni davomida test materiallarini boshqa abiturientga uzatsa, abiturientlarga yordam bersa abiturient test sinovlarini o’tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi.
Test sinovi jarayonida abiturient tomonidan savollar kitobi varag’i iirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abiturientlar uchun qo’shimcha test sinovlari o’tkazilmaydi.
VI. Abiturientlarni to’lov-kontrakt asosida qabul qilish, o’qish uchun to’lov tartibi va miqdori
17. Abiturientlarni to’lov-kontrakt asosida qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan abiturientlarni to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish to’g’risida qaror qabul qilingandan keiin olii ta`lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar urtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e`lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan abiturientlar uchun to’lov har yili kontrakt shartlarida ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tbmonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g’oliblarini qabul qilish
18. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston o’quvchi yoshlarini rag’batlantirish choralari to’g’risida» 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risida» 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g’oliblari bo’lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o’rta ta`lim muassasalari o’quvchilarini taqdirlash tartibi to’g’risidagi Nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o’tkazish to’g’risidagi Nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g’oliblari hamda oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi ta`sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta`lim muassasalarining mos ta`lim yo’nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta`sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida» 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bo’lgan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilari mos ta`lim yo’nalishlari bo’yicha oliy ta`lim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili o’tkaziladigan pedagogika o’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari bitiruvchilari va ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining «Tarbiyachi» respublika tanlovi g’olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining "Hamshira" respublika tanlovi g’olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san`at bo’yicha respublika tanlovi g’oliblari, «Nihol» mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamg’armalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta`lim muassasalariga, mos ta`lim yo’nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy ta`lim yo’nalishlari o’rtasidagi kasbiy muvofiqlik oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g’oliblarining arizalari haqidagi
ma`lumotlarni, ta`lim yo’nalishi, o’quv shakli va tili ko’rsatilgan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22 iyulgacha bo’lgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31 iyulgacha g’olib bo’lganlar bo’yicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.
VIII. Muddatli harbiy xizmatni o’tagan abiturientlarni qabul qilish
19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni utaetgan harbii xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qaroriga muvofiq O’zbekistrn Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolar uchun respublika oliy ta`lim muassasalariga o’qishga kirishda test sinovlarida to’planadigan eng ko’p ballning 25 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Mazkur qarorga binoan belgilangan imtiyoz harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega shaxslarga beriladi va O’zbekiston Respublikasining istisnosiz barcha oliy ta`lim muassasalarida ta`limning hamma yo’nalishlariga joriy etiladi.
Harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomasiga ega bo’lgan, biroq tanlov davomida (test sinovi) kerakli ball to’play olmagan muddatli harbiy xizmatni o’tagan abiturientlar o’qishning pedagogika, qishloq xo’jaligi, tabiii-ilmiy va texnik yo’nalishi bo’yicha oliy ta`lim muassasalariga to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Harbiy qism qo’mondonligining to’planishi mumkin bo’lgan ballar miqdorining 25 foizini qo’shish imtiyozi beriladigan tavsiyanomalar bilan hujjat topshirgan fuqarolar ro’yxatini Davlat test markazi 23 iyulda tasarrufida harbiy qismlar bo’lgan vazirliklar va idoralarga ikki kun muddatda tasdiqlash uchun taqdim etadi.
oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari tegishli tavsiyanomaga ega bo’lgan abiturientlar haqidagi ma`lumotlarni ta`lim iunalishi, o’quv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami ko’rsatilgan holda belgilangan shakllar bo’yicha Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi bo’limlar uchun 1 avgustda taqdim etadilar.
IX. Qabul qilish tartibi
20. Davlat komissiyasining abiturientlarni oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish to’g’risidagi qarori 15 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta`lim muassasalarida 20 avgustga qadar abiturientlarni davlat grantlari bo’yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo’ladi.
To’lov-kontrakt asosida abiturientlarni o’qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o’qish uchun kontraktda belgilangan mablag’ miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o’tkazilgandan so’ng, oliy ta`lim muassasasining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
To’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarni 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to’g’risida oliy ta`lim muassasasining buyrug’i rasmiylashtiriladi.
X. Yakunlovchi qoidalar
21. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizomga 1-ilova
O liy ta`lim muassasalarida yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish
TARTIBI
1. Oliy ta`lim muassasalarida yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingj o’rinlarda - imtihonlar deb ataladi) test sinovlari boshlangunga qadar Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o’tkaziladi.
2. Test sinovlariga qo’shimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan ta`lim yo’nalishlari ro’yxati bo’yicha o’tkaziladi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abiturientlarning tanlangan mutaxassislik bo’yicha o’qish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar bo’yicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko’nikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
4. Imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy urta ta`lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari dasturlariga qat`iy muvofiqlashtirilgan bo’lishi lozim. Sport fanlari bo’yicha imtihonlar topshiriqlari abiturientlarning. alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi bo’yicha) belgilangan me`yoriy talablarga muvofiq tuziladi.
5. Abiturientlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy ta`lim muassasasida fan bo’yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Oliy ta`lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrug’i bilan oliy ta`lim muassasasida tegishli fanlar bo’yicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari bo’yicha tajribali, malakali va mas`uliyatli o’qituvchilar tarkibidan fan bo’yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
ayrim hollarda oliy ta`lim muassasasi fan bo’yicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa ta`lim muassasalari o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi ma`muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yo’l qo’yiladi;
Oliy ta`lim muassasasi idoraviy bo’ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan bo’yicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni o’z vaqtida tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etadi;
«oliy hamshiralik ishi» yo’nalishi bo’yicha imtihon komissiyalarining raislari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat`iy rioya etilgan holda o’tkaziladi;
imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
abiturientlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan o’rniga qarab (tegishli ravishda 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizgacha bo’lgan oralig’ida, yagona ko’p balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abiturientlarga qo’yilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy ta`lim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon o’tkaziladigan fanlar bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy ta`lim muassasalariga yetkazadi.
Agar imtihon ta`lim yo’nalishi doirasidagi qator mustaqyl fanlar bo’yicha o’tkaziladigan bo’lsa, unda uni . baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differentsial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga bo’linadi.
Oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abiturientlar e`tiboriga O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma`lum qiladi. "oliy hamshiralik ishi" yo’nalishi bo’yicha ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon ro’yxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan bo’yicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasining mas`ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihon qaydnomalari oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan o’z vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
8. Jadval bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abiturientlar test sinovlariga qo’yilmaydi.
9. oliy ta`lim muassasasida kasbiy (ijodiy) ymtihonlar o’tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini ko’rib chiqish uchun appelyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizomga 2-ilova
O’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ayrim ta`lim yo’nalishlari bo’yicha kirish imtihonlarini qabul kilish
TARTIBI
1. Ayrim ta`lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan oliy ta`lim muassasalarida
Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda, qabul ko’p balli tizim bo’yicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.
Bu ta`lim yo’nalishiga arizalar faqat umumiy o’rta ta`lim muassasasini yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasasini ko’rsatilgan tillarda bitirgan abiturientlardan qabul qilinadi.
2. Ko’p balli tizim bo’yicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy ta`lim muassasalari ko’rsatilgan holda o'qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta`lim yo’nalishlarining ro’yxatini, kasbiy imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.
3. Savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy o’rta ta`lim, urta maxsus, kasb-hunar ta`limi umumta`lim fanlari dasturlariga qat`iy muvofiq bo’lishi lozim.
4. Abiturientlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun olii ta`lim muassasasida belgilangan tartibda fanlar bo’yicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy ta`lim muassasasi idoraviy bo’ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar bo’yicha imtihon
komissiyalarining raisligiga nomzodlarni o’z vaqtida tasdiqlash uchun
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etadi.
Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat`iy rioya etilgan holda o'tkaziladi.
Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan urniga qarab (tegishli ravishda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 396 ball) belgilangan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizgacha bo’lgan oralig’ida, yagona kup balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumii ballar doirasida, oliy ta`lim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abiturientlar e`tiboriga O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma`lum qiladi
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon o’tkaziladigan fanlar bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va teglishligiga qarab oliy ta`lim muassasalariga yetkazadi.
6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon ro’yxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan bo’yicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasining mas`ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihonlar natijalariga ko’ra, oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan ta`lim yo’nalishlari bo’yicha tasdiqlangan o’rinlar kvotasiga tanlov o’tkazadi.
7. Jadval bo’yicha imtihonga kelmagan abiturientlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.
8. oliy ta`lim muassasasida kasbiy imtihonlar o’tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (appelyatsiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona o’tkazilishini ta`minlash bo’yicha shaxsiy mas`uliyat oliy ta`lim muassasasi rektori va qabul komissiyasi mas`ul kotibi zimmasiga yuklanadi.

Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatyga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizomga 3-ilova
Oliy ta`lim muassasalariga ko’zi ojiz abiturientlarni qabul qilish
TARTIBI

1. Ko’zi ojizlar toifasiga maxsus maktab-internatlar tomonidan ko’zi ojizlar uchun berilgan yetuklik attestatiga ega bo’lgan abiturientlar kiradi.
2. Ko’zi ojiz abiturientlar oliy ta`lim muassasalariga kirish chog’larida kirish imtihonlarini ta`lim yo’nalishlari bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi ko’p balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi bo’yicha, an`anaviy uslubda topshiradilar.
3. Fanlar bo’yicha kirish imtihonlarini o’tkazish shakli (yozma yoki og’zaki) O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
4. Ko’zi ojiz abiturientlar bilan tutsguntirish ishlarini olib borish uchun oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maxsus mas`ul xodim ajratiladi.
5. oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini o’tkazish uchun fanlar bo’yicha komissiyalarni tashkil etadi.
6. Fan bo’yicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy o’rta ta`lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi umumta`lim fanlari
dasturlariga to’la muvofiq holda tuziladi va O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Kirish imtihonlarini o’tkazuvchi komissiya tarkibiga ko’zi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.
8. oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari ko’zi ojiz abiturientlar uchun kirish imtihonlari fanlari bo’yicha maxsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.
9. Ko’rsatilgan abiturientlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy ta`lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26 iyulga qadar o’tkaziladi.
10. Mazkur toifaga kiradigan abiturientlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi ma`lumotlar 27 iyulga qadar Davlat
komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.
11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan abiturientlar Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda, oliy ta`lim muassasasi
qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy ta`lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan tanlovsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.


Oxirgi yangilash ( 28.06.2010 )
 
.

So`rovlar

Siz qaysi ta`lim yo`nalishiga xujjat topshirmoqchisiz
 
.: Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti - Abiturientlar uchun :. © 2010

Nazarov D.S.